Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 5 275 191 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 253 677 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 490 368 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 531 146 nafarni tashkil qildi.

14 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 145 565 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 95 557 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 36 812, 3-bosqich emlanganlar 13 196 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (675 195 doza), Farg‘ona viloyatida (668 510 doza), Andijon viloyatida (597 084 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 972 807 nafarni tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 493 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 14 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117 902 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 395 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 112 941 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 785 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.