Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 5 129 626 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 158 120 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 453 556 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 517 950 nafarni tashkil qildi.

13 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 132 764 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 101 000 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 17 263, 3-bosqich emlanganlar 14 501 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (651 374 doza), Farg‘ona viloyatida (647 935 doza), Andijon viloyatida (584 240 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 938 529 nafarni tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 491 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 13 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117 409 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 528 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 112 546 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 781 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.