Energetika sohasining faxriy xodimi Ruslan Mubarakshin 59 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.

Ruslan Mubarakshin 1962 yilda tavallud topgan.

U mehnat faoliyatini 1985 yilda “Energiya” birlashgan dispetcherlik markazida elektromontyorlikdan boshlagan.

2001−2017 yillar oralig‘ida “O‘zbekenergo” AJ va uning tarkibidagi korxonalarda turli lavozimlarda ishlagan. Ruslan Mubarakshin 2017−2019 yillarda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2019−2021 yillarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi, 2021 yil fevraldan hozirga qadar “Chirchiq transformator zavodi” AJ bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.