Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 996 862 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 3 057 120 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 436 293 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 503 449 nafarni tashkil qildi.

12 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 138 915 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 105 326 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 17 041, 3-bosqich emlanganlar 16 548 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (630 705 doza), Farg‘ona viloyatida (627 250 doza), Andijon viloyatida (571 655 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 921 623 nafarni tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 497 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 12 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 116 918 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 283 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 504 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 112 018 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 778 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.