Bugun, 13 iyul kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan o‘tuvchi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan (video).

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

«Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi», — deyiladi xabarda.