To‘g‘ri tanlangan muzlatish va sovutish uskunalari mahsulotlarning ko‘rinishi va asl qadog‘ini uzoq muddatga saqlash kafolatini beradi.

TEXNOPARK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Frigo Cool Shivaki universal muzlatish uskunasi -12°С'dan -24°С'gacha bo‘lgan haroratda mahsulotlarni saqlaydi. Ushbu mahsulot harorat rejimlariga rioya qilishni talab qiladigan go‘sht, sut, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, dori-darmon va tibbiyot mahsulotlarini samarali saqlashga imkon beradi.


Frigo Cool Shivaki`ning afzalliklari:

  • jahon sifat talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi;
  • energiya samaradorligi va sovutish texnologiyalarining yuqori darajasi;
  • bug‘lanish moslamasining innovatsion dizayni natijasida mahsulotlarning namligini maksimal darajada ushlab turishni ta’minlash;
  • ekspluatatsion xarajatlarni optimallashtiruvchi “razmorozkasiz” uzoq muddatli sovutish davri;
  • kafolat muddati — 1 yil, bepul servis xizmatlari — 2 yil;
  • yuqori darajadagi servis xizmati.

Tijorat maqsadlarida ishlatiladigan muzlatgichlar va kameralar odatda hajmi bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Frigo Cool Shivaki brendi ostida 8 turdagi muzlatgichlar ishlab chiqariladi.

Kameraning hajmi 250 litrdan 450 litrgacha bo‘ladi.

Aksariyat muzlatgichlarning balandligi 89−91 sm, uzunligi va kengligi mos ravishda 100−150 sm va 60−75 sm bo‘lishi mumkin.

Olinadigan savatlar qo‘shimcha afzallik hisoblanadi. Ular foydali maydondan oson va maksimal darajada foydalanishga imkon beradi. Bu esa muzlatgichda kichik va katta hajmdagi mahsulotlarni saqlashga imkoniyat yaratadi.


Muzlatgichning eshiklari ikki bo‘lakli, ochiladigan va siljiydigan bo‘ladi. Shuningdek, vitrinalilari ham bo‘ladi.

TEXNOPARK`ning maqsadi — dunyoning yetakchi kompaniyalari mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan brend yaratish va uni rivojlantirish. Shuning uchun Frigo Cool Shivaki muzlatish uskunalari ISO 22000 sertifikatiga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini boshqarish maxsus tizimi bo‘lgan HACCP standartlari (xavflarni va muhim nazorat punktlarini tahlil qilish) bo‘yicha ishlab chiqariladi.


Xalqaro sertifikatlashtirish organi TÜV Thuringen (Germaniya) tomonidan tijorat muzlatgichlari va sovutgichlarini ishlab chiqarishga menejmentning integratsiya qilingan tizimi bo‘yicha uchta standartlar sertifikatlari topshirildi:

  • ISO 9001 — sifat menejmenti tizimi;
  • ISO 14001 — atrof-muhit menejmenti tizimi;
  • ISO 45001 — salomatlik va mehnat xavfsizligini muhofaza qilish menejmenti tizimlari.

Rasmiy tasdiqlash Frigo Cool muzlatish uskunalarining ishonchli va yuqori samaradorlikda ishlab chiqarilishini kafolatlashda muhim omil hisoblanadi.


Ishlab chiqarish quvvati — yiliga 75 ming dona.

TEXNOPARK mahsulotlari Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bozorlariga chiqishga muvaffaq bo‘ldi va doimiy ravishda o‘z geografiyasini kengaytirib bormoqda.

Telefonlar: (+998) 95−325−55−55, (+998) 95−323−33−33, (+998) 99−010−00−76.

Reklama huquqlari asosida.