Prezidentning tegishli qarori bilan 20 iyul kuni Qurbon hayitining birinchi kuni etib belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shuningdek, prezidentning 2020 yil dekabrdagi farmonlari bilan 21−22 iyul kunlari ham dam olish kunlari sifatida belgilangandi.

Shunga muvofiq, 17 iyul va 24 iyul kunlari ish kuni deb e’lon qilinadi.

Tegishli tashkilotlarga Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda oila davrasida o‘tkazish afzalligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.