Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish maqsadida poytaxtning 11 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinika tashkil etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur poliklinikalar aholiga kunu tun xizmat ko‘rsatishi belgilangan bo‘lib, har bir markazga 3 tadan tibbiy brigada biriktirilgan. Ular tarkibidan 2 nafar shifokor hamda 2 nafar o‘rta tibbiyot xodimi o‘rin olgan.

Shuningdek, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritma va reaktivlar, shuningdek, maxsus tibbiyot vositalari bilan ta’minlangan.

Maxsus poliklinikaga murojaat qilgan bemorlar uchun maxsus karta yuritilib, unda fuqaroning dinamik holati, tekshiruv va davolash natijalari qayd etib boriladi.

Murojaat qilganlar orasida “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlanmagan bemorlar bo‘lsa, ulardan kerakli tahlillar olinadi va hududiy sanitariya xizmati laboratoriyalariga yetkaziladi. Shu bilan birga, bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiyalar beriladi. Agar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, u zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi va bu haqida fuqaro istiqomat qiladigan hududdagi oilaviy poliklinikaga xabar qilinadi.

Maxsus tashkil etilgan poliklinikalarning manzillari, telefon raqamlari: