Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” preparatini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Ma’lumotga ko‘ra, fuqaro M.Q. xaridor F.ga 150 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, M.Q.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi sherigi A.X. 600 dona “Tropikamid” dori vositasini 30 mln so‘mga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.