11 iyundan 11 iyulga qadar bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining final uchrashuvi yakuniga yetdi. Finalda Italiya hamda Angliya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.

O‘yinning 2-daqiqasida angliyalik himoyachi Lyuk Shou gol urib, hisobini ochdi. Shou golni uchrashuvning 1 daqiqa 57 soniyasida to‘p kiritdi. Shu tariqa, futbolchi Yevropa chempionati finallarida kiritilgan eng tezkor gol muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida Leonardo Bonuchchi gol urdi va hisobni tenglashtirdi. Bonuchchi ushbu gol bilan Yevropa chempionati finallarida gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi. U Angliyaga gol kiritganida 34 yosh 71 kunlik edi. Bundan avvalgi rekord germaniyalik Bernd Xelsenbaynga (30 yosh 103 kunlik) tegishli edi.

O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakuniga yetdi. Qo‘shimcha vaqtlar ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida 3:2 hisobida Italiya terma jamoasi ustun keldi. Angliya terma jamoasida yakuniy zarbani bergan Bukayo Saka gol ura olmadi.

Shu tariqa Italiya terma jamoasi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldi. Ular ikkinchi bor bu natijani qayd etishdi. Bundan avval 1968 yilgi turnir finalida Yugoslaviya ustidan g‘alabaga erishib, chempion bo‘lgan edi. Shuningdek, Italiya 2000 va 2012 yilgi Yevropa chempionatlari finallarida mag‘lub bo‘lishgan.

Statistika


Foto


Foto: gettyimages.com

Video