Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 857 947 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 951 794 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 419 252 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 486 901 nafarni tashkil qildi.

10 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 114 061 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 86 772 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 178, 3-bosqich emlanganlar 13 111 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (609 058 doza), Farg‘ona viloyatida (604 819 doza), Andijon viloyatida (556 693 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 902593 nafarni tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 485 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 8 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 963 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 430 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 111 189 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 771 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.