10 iyul kuni AOKAda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida adliya vaziri Ruslanbek Davletov jamoat joylarida «ibodat libosi» taqiqi bekor qilinganiga izoh berdi.

«Bu tarixan ham, yaqin kelajakda ham, yaqin o‘tmishimizda ham amaliyotda qiyinchilikarni keltirib chiqarayotgandi. Men eslayman, 5−6 yil avval boshqa tashkilotda ishlagan vaqtimizda ishchi guruhda ibodat libosi nima ekanligini tushuntirish bo‘yicha topshiriq olganmiz. Ko‘p ekspertlar kelgan. Boshida biz o‘zimizga bu terminning tarifini tezda yozib tashlaymiz, deb amin bo‘lganmiz. Keyin biz uni tahlil qilishni boshlaganimizda, juda qiynalganmiz», — deydi u.

Vazirning ta’kidlashicha, ishchi guruh «boshi berk ko‘chaga kirib qolgan» va ushbu terminga aniq ta’rif berolmasligini tan olgan.

«Bu 5−6 yil oldin edi. O‘sha vaqtlarda qonunni qayta ko‘rib chiqishga urinishlar bo‘lmagan. Faqat shu ibodat libosi bilan muammo bor edi. Bu ushbu konsepsiyani aniq belgilash va aniq taqiqni kiritish nuqtai nazaridan vazifa edi. Ya’ni, bu osonlashtirishda emas, balki mavjud taqiqning aniqligini aniqlashda edi», — deya qo‘shimcha qildi adliya vaziri.

Ruslanbek Davletov shu sababli ushbu atamadan voz kechishga qaror qilinganligini ta’kidladi.

«Avval ham aytib o‘tganimizdek, dehqonlarimiz yaktak (uzun, yozda ochiq erkaklar ko‘ylagi oldida — tahrir) kiyganliklari uchun javobgarlikka tortilgan holatlar bo‘lgan. Bunga ramziy kiyim sifatida qarashgan. Endi bu amaliyot to‘xtatildi», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184−1-moddasiga (Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi) binoan, O‘zbekiston fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.