Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 743 886 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 865 022 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 405 074 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 473 790 nafarni tashkil qildi.

9 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 128 992 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 95 915 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 18 026, 3-bosqich emlanganlar 15 051 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (592 245 doza), Farg‘ona viloyatida (583 639 doza), Andijon viloyatida (543 985 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 887 322 nafarni tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 467 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 8 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 478 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 382 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 110 759 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 767 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.