Shanba kuni soat 7:16 larda O‘zbekistonning bir qator hududlarida zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Tojikistonda bo‘lgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentrida uning kuchi 6, chuqurligi esa 15 km bo‘lgan.

Silkinish kuchi Toshkentda (epitsentrdan 307 km uzoqlikda), Jizzax (294 km), Samarqand (342 km), Termiz (351 km) va Qarshida (432 km) 3 ballni tashkil etdi.

Farg‘ona (199 km), Namangan (260 km), Andijon (262 km) va Guliston (256 km) da zilzila kuchi 3−4 ball, Navoiyda (486 km) 2 ballni tashkil etdi.