Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 614 894 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 769 107 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 387 048 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 458 739 nafarni tashkil qildi.

8 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 122 529 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 88 574 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 17 116, 3-bosqich emlanganlar 16 839 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (574 637 doza), Farg‘ona viloyatida (559 892 doza), Andijon viloyatida (531 112 doza) tashkil qilmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 869867 nafarni tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 482 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 8 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 011 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 336 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 110 377 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 764 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.