DXX va IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida Suriyadagi terroristik guruhlar jangarilariga qo‘shilishga uringanlikda gumon qilingan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

“Hibsga olingan shaxslar internet tarmog‘i orqali terrorchi tashkilotlar g‘oyalari ta’sirida Turkiya davlati orqali Suriyadagi jangovor harakatlarda ishtirok etish maqsadida, ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda terroristik guruhlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 14 kishi ushlangani haqida xabar berilgan edi.