Bugun, 8 iyul kuni soat 14:36da Samarqand viloyati Samarqand tumani «Qunduzsufiy» MFYda joylashgan AYOQSH xududida yer ostida joylashgan 25 tonnali sig‘imda payvandlash ishlari olib borayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Chaqnash sababi shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan va bir nafar fuqaro termik kuyish tan jarohatini olgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.