Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 224 934 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 497 262 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 327 466 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 400 206 nafarni tashkil qildi.

5 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 141 195 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 93 129 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 24 649, 3-bosqich emlanganlar 23 417 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (514 543 doza), Farg‘ona viloyatida (494 776 doza), Andijon viloyatida (476 845 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 496 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 5 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113 568 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi pnevmoniya holatlari statistikasini yurita boshladi. Qayd etilishicha, kecha kun davomida 172 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 281 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 109 349 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 754 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.