Filippin harbiy-havo kuchlarining C-130 samolyoti yakshanba kuni Sulu provinsiyasi Holo oroliga qo‘nishga uringan paytda halokatga uchradi. Aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti ABS CBN telekanali mamlakat qurolli kuchlarining rasmiy vakili Egard Arevalo asoslanib.

Ma’lumotga ko‘ra, mutaxassislar bedarak yo‘qolgan besh harbiy xizmatchining jasadini topgan, shu sababli ular orasida o‘lganlarning umumiy soni 47 kishiga yetgan.

Foto: twitter.com/The Manila Times

Hodisa natijasida 49 nafar askar jabrlangan, tinch aholining uch nafari halok bo‘lgan va to‘rt kishi jarohat olgan. Hammasi bo‘lib 32 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Filippin qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i general Sirilito Sobexanning so‘zlariga ko‘ra, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga tusha olmagan.