Yakunlanayotgan hafta davomida O‘zbekiston va jahon sportida qator ahamiyatli voqealar sodir bo‘ldi. “Gazeta.uz” ushbu hodisalarning eng muhimlaridan haftalik sport yangiliklari dayjestini tayyorladi.

28 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Qayd etilgan natijalar va 11-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing:

Foto: O‘zPFL axborot xizmati

30 iyun kuni Ispaniya chempionati 2021/22 yilgi mavsumi 15 avgust kuni start olishi ma’lum qilindi. E’lon qilingan taqvimga ko‘ra, “El-klassiko"ning sanalari ma’lum bo‘ldi. 10-turdan o‘rin olgan “Barselona” — “Real” bahsi 24 oktyabr kuni “Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.

29-tur doirasidagi navbatdagi “El-klassiko” esa 2022 yil 20 martda Madridda o‘tkaziladi.

1 iyul kuni OFK shtab-kvartirasida JCH saralash uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra:

“A” guruhi: Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq, Suriya, Livan.

“B” guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Ummon, Vetnam.


Saudiya Arabistonining “An Nassr” jamoasi, o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipovni ijaradan jamoa safiga qaytganini rasman e’lon qildi.




“O‘zbekiston yulduz Jaloliddin Masharipov ertaga Ar-Riyodga qaytadi va Bolgariyada bo‘ladigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari safariga jamoa bilan jo‘nab ketadi”, — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin Masharipov shu davrga qadar “Shabab Al Ahli” jamoasida ijara asosida o‘ynab kelayotgandi.

11 iyundan 11 iyulga qadar bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatining chorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi. 4 ta juftlik g‘oliblari keyingi bosqichga chiqdi.

Yarim final juftliklari (O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan):

6 iyul

23:59. Italiya — Ispaniya. London, “Uembli” stadioni.

7 iyul

23:59. Angliya — Daniya. London, “Uembli” stadioni.