Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan.
Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga ko‘p.
2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston — 13,8 ming tonna
- Rossiya — 8,6 ming tonna
- Qirg‘iz R. — 4,7 ming tonna
- Ukraina — 212,3 tonna
- Belarus — 142,2 tonna
- Polsha — 67,0 tonna
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021 yanvar-may oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan.