2 iyul, juma kuni O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Dam olish kunlarida esa O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo sharoiti saqlanib qoladi. Havo harorati kechalari +24…+27 daraja, kunduz kunlari +38…+41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44 darajagacha atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shamolning 15−20 m/s tezlikkacha kuchayishi saqlanib qoladi.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishi oqibatida kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.