1 iyul kuni Payariq tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.

Hodisa soat 12:00 larda, Payariq tumani “Eshmonsoq” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 26 km.da sodir bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati

“Jizzax-Gagarin-Samarqand-Payariq” yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobusning yo‘liga, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Damas rusumli transport vositasining chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, Damas ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.