Yana 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi 1 mln dozasi olib kelindi.

“Hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish soni oshgan”. Deputatlar yangi qonun loyihasi haqida

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov bunga huquqni muhofaza qiluvchilarning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish soni oshib borayotganligini sabab qilib ko‘rsatdi. Deputat Doniyor G‘aniyev bunday holatlar ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lig‘iga zarar bo‘layotganligini ta’kidladi.

Navoiyda qoidabuzarliklarni suratga olgan fuqarolar taksichilar tomonidan kaltaklandi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bir necha taksi haydovchilari qoidabuzarliklarni suratga olgan 2 nafar fuqaroni kaltaklashdi. Taksichilar ularning suratga olgan telefonini tortib olishgan va Spark avtomashinasiga moddiy zarar yetkazgan.

Qozog‘iston o‘zbek gilosini keyinchalik Dubayda sotish uchun xarid qiladi

Qozog‘iston cavdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov O‘zbekistonga safari davomida ikkita shartnoma imzolashga erishdi. Xususan, Qozog‘iston kompaniyasi o‘zbek gilosini keyinchalik Dubay savdo tarmoqlarida sotish uchun xarid qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 52,11 foizni tashkil etgan. Marakaziy Osiyoning boshqa davlatlarida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq. Tojikiston YAIMda yashirin iqtisodiyot 40,7 foizni, Qozog‘istonda 36,6 foizni va Qirg‘izistonda esa 30,5 foizga to‘g‘ri kelgan.

Buxoroda 14 yoshli qizni zo‘rlab, ishqiy munosabatga majburlagan cho‘pon 3 yilga qamaldi

Buxoro viloyatida voyaga yetmagan 14 yoshli qizni zo‘rlab, keyinchalik uni qo‘rqitib, ishqiy munosabat qilishga majburlab kelgan 32 yoshli erkakka uch yil qamoq jazosi tayinlandi.

Jizzax shahrida Hindistonning Sambhram universiteti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Jizzaxda Hindistonning Sambhram universiteti tashkil etildi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Hindistonda tan olinadigan diplom beriladi. Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratiladi.

Volgogradda 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan “Gazel” ag‘darildi

Rossiyaning Volgograd viloyatida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan “Gazel” zovurga ag‘darilib ketdi. 13 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

O‘zbekistonda yangi mehribonlik uylarini ochmaslik taklif etilmoqda

Toshkentda noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari yangi internat muassasalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va mavjud muassasalarni ijtimoiy xizmatlar markazlariga aylantirishni taklif qilishdi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Karantin cheklovlari bormi yoki yo‘qmi?

Koronavirus tarqalishi sababli 28 iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Lekin ommaviy tadbirlarni ushbu cheklovlarga amal qilmagan holda tashkillashtirish davom etmoqda, jamoat transportida ularga rioya qilishning esa iloji yo‘q.

O‘zbek so‘mining evolyutsiyasi — foto

1994 yilda O‘zbekiston milliy valyutasi qabul qilingan. Shu yilda 1 dan 100 gacha bo‘lgan nominalda so‘m banknotalari muomalaga chiqarilgan. So‘nggi 5 yil ichida esa yana besh xil nominalda banknotalar joriy qilindi. “Gazeta.uz” o‘zbek so‘mining 1994 yildan keyin chiqarilgan barcha banknotlarini eslaydi.

“Yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarima odamlar uchun juda qimmat bo‘lishi kerak”. Samarqand bosh rejasi haqida intervyu

Yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarimalar qanday vazifani bajaradi, nima uchun jarimaning miqdori odamlar uchun juda qimmat bo‘lishi kerak va shaharlarda pullik avtoturargohlar nima uchun kerakligi haqida Samarqand bosh rejasini ishlab chiqayotgan rossiyalik mutaxassislarning “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida.