Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 541 442 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 074 701 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 199 541 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 267 200 nafarni tashkil qildi.

29 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 132 185 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 76 074 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 24 954, 3-bosqich emlanganlar 31 157 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (426 456 doza), Farg‘ona viloyatida (406 030 doza), Andijon viloyatida (394 690 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 487 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 29 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110 677 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 647 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 107 063 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 736 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2878 nafar bemor davolanmoqda.