Rossiyaning Volgograd viloyatida ichida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan «Gazel» YTHga uchradi, deya xabar bermoqda Rossiya IIV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan soat 07:15 da «Moskva-Volgograd» federal avtomagistralida «Gazel» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi zovurga ag‘darilib ketgan.

Aniqlanishicha, salonda 14 nafar yo‘lovchi bo‘lgan — barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Yo‘l-transport hodisasi natijasida 13 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, barcha holatlari aniqlanadi, deyiladi xabarda.