Chorshanba, 30 iyun kuni O‘zbekistonga yana 1 mln doza xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Bu ushbu vaksinaning keltirilgan 7-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda kecha, 29 iyun kuni ham olib kelingan edi.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 mln dozaga yetmoqda. Ulardan 6,5 mlni — ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, 660 mingtasi — AstraZeneca (Covieshield, COVAX dasturi asosida bepul yetkazib berilgan) va 240 mingtasi — Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi hisoblanadi.

Ayni paytga qadar shundan 3,5 mln dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.