Tashqi ishlar vaziri USAID`ning yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Vazir USAID rahbarini iyul oyining o‘rtalarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasiga taklif qildi.

Mudofaa vaziri barcha kuch tuzilmalarining jangovar shayligini sinovdan o‘tkazdi

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarligida aviatsiya, artilleriya va batalon taktik guhlarining jangovar shayligi tekshirildi. Vazir SU-25 qiruvchi samolyotida chegarani buzib o‘tgan shartli dushmanga aviazarba berilishini bevosita kuzatdi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi Turkmanistonda bo‘lib o‘tishini hamda Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhoqama qildilar.

Jahongir Otajonovning haqoratomuz video chiqishlariga huquqiy baho beriladi — Toshkent IIBB

Jahongir Otajonovning davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz video chiqishlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud bo‘lgani sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi. Ma’lum qilinishicha, Jahongir Otajonov o‘z chiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o‘zining maishiy muammolariga omma e’tiborini tortishga uringan.

O‘zbekiston mis sotishdan $2,5 mlrd daromad topmoqda, biroq klasterlar hisobiga foydani oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston bugungi kunda misdan 2,5 mlrd dollar daromad ko‘rmoqda. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu ko‘rsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7−8 milliard dollarga yetkazish mumkin, deyildi prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda. Buning uchun mis sanoati klasterlarini tashkil etish va boshqa choralarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonga yana 1 million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

O‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozada O‘zbekistonga olib kelindi.

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda. Jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshiriladi. Shuningdek, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi.

MDH davlatlari kiberterrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirishi kerak — SMTI

Kiber tahdidlarning transchegaraviy xususiyati mintaqaviy va xalqaro darajada hamkorlik qilishni talab etadi, deya ta’kidladi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Eldor Aripov MDH davlatlarining axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha forumida.

Idoraviy normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari o‘zgardi

Idoraviy normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartishlar kiritildi. Endilikda hujjatlar loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi, bir nechta idoralar faoliyatiga taalluqli NHH loyihasi esa ular o‘rtasida yagona elektron tizim orqali kelishiladi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6% ga o‘sadi — YeTTB

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6% ga va 2020 yilda 6% ga o‘sishini prognoz qilmoqda.

UzReport TV Beeline`ni sudda yutdi

UzReport TV mualliflik va turdosh huquqlar buzilganligi da’vosi bo‘yicha Beeline`ni sudda yutdi. Sudning qaroriga ko‘ra, javobgarga Beeline TV mobil ilovasidan UzReport TV hamda Futbol TV telekanallarini olib tashlash, kelgusida ushbu telekanallarni UzReport TV axborot agentligi bilan shartnoma tuzmasdan namoyish etmaslik majburiyatlari yuklandi.

Toshkent shahar YHXBga elektromobillar topshirildi

Poytaxt YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi. Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat, deya qayd etdi boshqarma.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Men vatanimga kerakligimni his qildim”. Prezident “Yoshlar daftari” orqali o‘z ishini boshlagan qizga xonadon sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar daftari” orqali kredit olib, o‘z ishini boshlagan qizga maktub yo‘lladi. Davlat rahbari maktubida Aziza va uning onasiga 3 xonali uy berilishini ma’lum qildi.