Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekistonga yana 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 6-partiyasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun bundan avval ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza, 10 iyunda — 1 mln doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 6,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,4 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ertaga ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 mln dozasi keltirilishi kutilmoqda.