MyID — bu biometrik identifikatsiya tizimi bo‘lib, O‘zbekistondagi ishonchli va qulay masofali identifikatsiyadan o‘tish usuli sanaladi. U tezda masofali identifikatsiyadan o‘tish imkoniyatini beradi. Bunda sizga shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxalari yoki fotosuratlarni taqdim etish kerak bo‘lmaydi.

Ipak Yo’li Mobile ilovasida MyID orqali identifikatsiyadan o‘tish maxfiy va xavfsizdir.⠀

MyID servisi Ipak Yo’li Mobile ilovasi foydalanuvchilari va «Ipak Yo‘li» bankida hisob raqamiga ega bo‘lgan fuqarolarga identifikatsiyadan o‘tishga yordam beradi. Buning uchun telefon orqali biometrik identifikatsiyadan onlayn o‘tish kerak bo‘ladi.

MyID orqali masofali identifikatsiyadan o‘tish tizimi Android platformasi uchun beta-rejimda yo‘lga qo‘yildi.

Identifikatsiyadan o‘tish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • MyID Ipak Yo’li Mobile ilovasini yangilash kerak;
  • Ipak Yo’li Mobile ilovasida MyID tugmasini «Profil» bo‘limidan izlash kerak;
  • MyID tugmasidan o‘tganingizdan keyin MyID ilovasini o‘rnatishingiz kerak va bemalol identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha aloqa-markaziga quyidagi raqam orqali kecha-yu kunduz murojaat qilishingiz mumkin: (+998) 78−140−69−00.

Batafsil ma’lumot uchun: ipakyulibank.uz

Telegram-operator: t.me/IpakSupport

Reklama huquqlari asosida.