Madaniyat vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi. Shu bois bu borada OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Daryo.uz 85 yoshli aktrisaning aprel oyi oxirida 1957 yildan beri ishlagan O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi bilan xayrlashganini eslab o‘tdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva may oyida bergan intervyularidan birida To‘ti Yusupovaning ahvoli og‘ir ekanligini bildirgan edi.