Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 280 736 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 193 975 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 145 294 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 202 467 nafarni tashkil qildi.

26 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 100 180 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 66 827 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 17 034, 3-bosqich emlanganlar 16 319 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (395 321 doza), Farg‘ona viloyatida (374 916 doza), Andijon viloyatida (366 096 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 493 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 26 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 109 223 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 545 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 105 006 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 729 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3488 nafar bemor davolanmoqda.