Dam olish kunlari O‘zbekistonga Erondan yana issiq havo kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Havo harorati kechalari +16…+21 darajani, kunduz kunlari +35…+38 darajani, shimol va janubda ba’zi joylarda +40 darajani tashkil etadi. Bunday qiymatlar o‘rtacha-iqlimiy me’yordan +2…+4 darajaga ko‘p bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat shanba kuni kechga tomon Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim tumanlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.