Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 114 863 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 834 230 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 112 083 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 168 550 nafarni tashkil qildi.

24 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 79 079 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 49 677 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 836, 3-bosqich emlanganlar 14 566 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (374 330 doza), Farg‘ona viloyatida (362 002 doza), Andijon viloyatida (351 600 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 476 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 24 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 108 184 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, aynan kecha O‘zbekistonda yil boshidan beri birinchi marotaba kun davomida eng ko‘p koronavirus holatlari qayd etildi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 535 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 104 007 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 725 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3452 nafar bemor davolanmoqda.