Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 974 317 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 751 204 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 083 274 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 139 839 nafarni tashkil qildi.

22 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 55 408 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 27 832 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 996, 3-bosqich emlanganlar 12 580 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (350 361 doza), Namangan viloyatida (348 858 doza), Andijon viloyatida (337 016 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 419 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 22 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107 266 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 528 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 103 074 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 722 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3470 nafar bemor davolanmoqda.