Shourumning ochilish oqshomida dizaynerlar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari hamda chet eldan mehmonlar ishtirok etishdi. Bayram muhitini Jazzirama jamoasi ijro etgan yoqimli jonli musiqa, raqslar, mimlar, bufet shakllantirdi. Shuningdek, asosiy yutug‘i g‘olib tanlagan eksklyuziv devor dizayni loyihasini amalga oshirish bo‘lgan lotereya ham bo‘lib o‘tdi. Kechani maftunkor Dildar Islamova olib bordi.

Kompaniya asoschisining ochilish nutqi

Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov va Mila Boya kompaniya asoschisi Mujait Deyirmenji mehmonlarni tantanali ravishda kutib olishdi va Toshkentdagi yangi filialning imkoniyatlari haqida so‘zlab berishdi.


“Biz 40 yilga yaqin vaqtdan beri o‘z mahsulotimizni O‘zbekistonga yetkazib beramiz. Bugun Toshkentda ochilgan shourumda biz dunyodagi 20 do‘konda tasdiqlangan prinsip asosida ishlaymiz. Iste’molchilarga eng sifatli mahsulotlar va ushbu sohada ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar jamoasi taqdim etiladi.

Ushbu shourumning ochilishi bu mintaqadagi birinchi qadamimizdir va umid qilamizki, mijozlarimizning ko‘magi bilan biz mamlakatning boshqa yirik shaharlarida ham o‘z filiallarimizni ochamiz", — deydi Mila Boya asoschisi Mujait Deyirmenji.


Kirish so‘zlaridan so‘ng mehmonlarga video taqdim etildi. Ushbu video orqali tomoshabinlar brend falsafasi va taqdim etilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar. Keyin ekranda vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi neon raqamlar paydo bo‘ldi. Lenta kesish marosimi davomida feyerverklar otilib, baland fanfaralar ovozi jarangladi va shourum birinchi mehmonlariga o‘z eshiklarini ochdi.

Dekorativ qoplamalarning afzalliklari va imkoniyatlari

Ranglar va to‘qimalarning keng assortimentiga ega MilaWall ijod uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Dekorativ suvoq — har qanday turdagi binolarni bezatish uchun zamonaviy yechimdir. Vakolatli maslahatchilar shourumning mehmonlariga ularni aks ettiradigan butunlay individual bezak uslubini tanlashda yordam beradi.


“Ko‘rib turganimizdek, bu bizning dekorativ qoplamalar bozorida bir yangilikdir. Bu turli xil interyer uslublarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ichki dizayndagi yangilikdir”, — deydi dizayner Yekaterina Polyudova.

Kompaniyaning mahsulotlari suv asosida ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi esa suvoq aralashmalarining xavfsizligi va ekologik ekanligini kafolatlaydi. Shourumda taqdim etilgan qoplamalar hidni emirmaydi va allergiyaga olib kelmaydi. Shu bilan birga, dekorativ bo‘yoqlar juda bardoshli va namlikka chidamli. Bu taqdim etilayotgan mahsulotlarni qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tasviriy misollar va tayyor dizayn yechimlari

Shourum zonalarga bo‘lingan ikki qavatdan iborat. Har bir devor har xil, shuning uchun tashrif buyuruvchilar namunalar bilan vizual ravishda tanishishlari va yakuniy natijani to‘liq tasavvur qilishlari mumkin. Yorqin misollardan biri — trafaretlar yordamida qilingan ajoyib dush dizaynidir. Bunday misol odatdagi devor qoplamalari tasavvurini o‘zgartiradi va dizaynerlar ijodi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.


Ijodiy hamkorlik

“Menga hamkorlik qilishni taklif qilishganda juda xursand bo‘ldim, muddatlar juda cheklangan bo‘lishiga qaramay. Jamoamiz bilan birgalikda ushbu to‘plamni yetti kun ichida yaratdik. Matolar trafaretlar yordamida bezatilgan. Biz matolarni naqshlar bilan bezatdik va „Anasi“ uslubida kiyimlar taqdim etdik”, — deydi dizayner Nasiba Abzalova.

To‘liq ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 97−725−00−99, (+998) 99−122−05−05.

Sayt: milaboya.com
Facebook: fb.com/Milawalluz-107242784859190
Instagram: @milawalluz

Reklama huquqlari asosida.