O‘zbekistonda sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga qabul qilishdan oldin koronavirusga test topshirish majburiy bo‘ladi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar barcha dam olish joylari ushbu tartibga amal qilishlari lozim bo‘ladi.

Koronavirusga PZR testi oromgohlarga joylashishdan oxirgi 72 soat doavmida topshirilishi kerak bo‘ladi.

Oldinroq Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarni jamoat transportiga niqoblarsiz qo‘ymaslik bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.

«Gazeta.uz» Zangiotadagi shifoxonaga murojaatlar soni 2 barobarga ko‘payganligi, shifoxonaga yotqizilayotgan bemorlar bir yarim barobarga ko‘payganligi haqida xabar bergan edi.