Qashqadryo viloyatida Nexia avtomashinasi urib yuborishi natijasida 2 nafar piyoda halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, 13 iyun kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida avtomashina yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning chap tomonidan piyoda kesib o‘tayotgan bir fuqaroni urib yubormaslik maqsadida, Nexia yo‘lning o‘ng tomon chetiga boshqargan. Natijada avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

Mashinaning orqa tomonidan harakatlanib kelayotgan M.P. boshqaruvidagi yana bir Nexia avtomashinasi esa yo‘lning o‘ng tomonidagi qatnov qismida turgan ikki nafar piyodani urib yuborib, YTH sodir qilgan.

Oqibatda 2 nafar piyoda olgan og‘ir tan jarohatlaridan hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.