12 iyun kuni Xatirchi tumanida yashovchi 7 nafar fuqarolar «Oltinsoy» tog‘ tizmasiga tilla qumi qazib olish maqsadida borishgan va chuqurlikka tushishgan, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasining matbuot xizmati.

«Elektrodvijok»dan chiqqan yoqilg‘i tutunidan zaharlanish natijasida 4 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining «jonlantirish» bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yanvar oyida Jizzax viloyatida noqonuniy tarzda oltin qazigan 4 nafar fuqaroni tosh bosib qolganligi, ulardan 2 nafari vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.