O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyun kuni «Ko‘p qavatli uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorni (PQ-5152) imzoladi. E’tiborlisi, hujjat «O‘zbekiston 24» telekanalida qaror imzolangani haqidagi lavha efirga uzatilganidan uch kun o‘tib imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2022 yilning 1 iyuliga qadar Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkentdagi 15 ta hududni boshqaruvchi tashkilotlarga biriktish bo‘yicha loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ular ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.

180,4 ming kishi yashaydigan 1227 ta uy menejment kompaniyalariga berilgan. Kattalashtirish uchun bosing

Saralab olingan boshqaruvchi tashkilotlarga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • Shartnomaga asosan barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish, shuningdek, yakka tartibda qurilgan uylarga, mulkilik shaklidan qat’i nazar tashkilotlarga (obyektlarga) kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmtlarini ko‘rsatish;
  • tegishli hokimlik bilan tuzilgan shartnoma asosida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
  • 24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispecherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmati ko‘rsatish.

«TCHSJ i kak s nim jit? (Uzbekistan)» (XUJMSH va ular bilan qanday yashash kerak? (O‘zbekiston) Facebook-guruhi administratori Maksim Chernikov prezident qarori (PQ-5152) Uy-joy kodeksi (138-modda) hamda «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi qonun (4, 8, 22-moddalar) talablariga zid ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, uylarni boshqarish uslubi umumiy majlis qarori bilan tanlanadi, ochiq tanlov o‘tkaziladigan yangi qurilgan uylarda esa mulkdorlar boshqaruv uslubini tanlay olmaydilar.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 iyuldan boshlab uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun majburiy badallar yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritilishi shart.

Ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni ta’mrlash ishlari umumiy smeta qiymatining:

  • 30 foizi hajmdagi mablug‘lar mulkdorlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda mazkur mablag‘lar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish jamg‘armasida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ochiladigan maxsus hisobvarag‘ida shakllantiriladi;
  • 70 foizi hajmdagi mablag‘lar teng ulushlarda respublika va mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Maksim Chernikov eski — 1991 yilgacha qurilgan uylarni ta’mirlash dasturiga qaytilayotganini ta’kidladi.

«O‘shanda xuddi shu sxema — 30/70 bo‘yicha moliyalashtirilgan, biroq mantiqan olib qaraganda, 30 foizlik yig‘imlarni to‘plash uchunmahsus hisobvarag‘i ochiladi, buning ortidan yig‘im hajmi oshirilishi kerak, chunki endi bu 30 foiz joriy xizmat uchun ishlatilmaydi», — dedi u.

Mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalari chegaralari va o‘lchamlarini belgilash hamda ularga doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni, shu jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

«TCHSJ i kak s nim jit? (Uzbekistan)» Facebook-guruhi administratori yer uchastkalari chegaralari va o‘lchamlari mulkdorlar va boshqaruvchilar emas, balki yerni boshqarish xizmati organlari tomonidan belgilanishi ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mulkdorlarga deyarli kerak bo‘lmagan ortiqcha yerlarning egallab olinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilindi. Bunda:

  • quruvchi tomonidan mazkur vazifani amalga oshirish uchun shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilot jalb qilinishi ham mumkin;
  • birinchi ikki yil ichida ko‘p kvartirali uy-joydagi quruvchidan tashqari mulkdorlarning soni ellik foizdan oshgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yig‘ilishning qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish usuli tanlanadi.

2022 yil 1 yanvardan boshlab notarial idoralar tomonidan mulkdorlarning boshqaruvchi oldida qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirishda tegishli shartnomada aks ettiriladi va yangi mulkdor ushbu qarzdorlik haqida ogohlantiriladi.

Quyidagi masalalar bo‘yicha umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab uy-dy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan ko‘proi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi:

  • ko‘p kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish;
  • mulkdorlar amal qilishi majburiy bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylarda umumiy mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash;
  • ko‘p kvartirali uy-joy uchun qarz va kreditlarni jalb qilish.