“Uzexpocentre” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi Uzbekistan Agrotech Expo-2021 respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar XV Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosida, Uzbekistan Agromash Expo-2021 IX Xalqaro ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari ko‘rgazmasida hamda AgroExpo Uzbekistan 202da ishtirok etish uchun taklif etadi. Ko‘rgazmalar 28−30 iyun Toshkentda “Uzexpocentre"ning pavilon 1, Artrium 1 zalida va ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmalar jarayonida Turkiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Rossiya, Estoniya, Vengriya va boshqa xorijiy mamlakatlarning kompaniyalari ishtirok etadi.

Germaniyaning Made in Germany Milliy pavilonida mamlakatning 12 nafar yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi. Rossiyaning milliy ishtiroki agrosanoat kompleksi uchun 20dan ortiq yirik texnika va uskunalar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etiladi.

Ko‘rgazmalarning xalqaro qo‘llab-quvvatlanishi Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Federal vazirligi, Rossiya sanoat va savdo vazirligi (Minprotorg) va DLG-Germaniya qishloq xo‘jaligi jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda ilk bor ko‘rgazma gibrid formatda o‘tkaziladi. Tashrif buyuruvchilar virtual.agroexpouzbekistan.com onlayn platformasi orqali mahsulotlar va ba’zi eksponentlarning yechimlari bilan oldindan tanishishlari va ko‘rgazma davomida uchrashuv belgilashlari mumkin.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish iyun oyining boshida ochiladi.

Ko‘rgazmalar quyidagi tematik bo‘limlardan iborat bo‘ladi:

  • meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish;
  • sutni qayta ishlab chiqarish;
  • go‘sht va baliq ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish;
  • veterinariya;
  • non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • etiketkalar, poligrafiya, qadoqlash, idishlar;
  • muzlatish texnologiyalari;
  • o‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy preparatlar, purkagichlar;
  • chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish texnologiyalari va uskunalari;
  • bog‘dorchilik texnologiyalari va issiqxona majmualari;
  • alternativ energiya;
  • qishloq xo‘jaligi texnikasi va jihozlari.

Ko‘rgazmalar o‘tkazilishi davomida tematik bo‘limlar bo‘yicha seminar va taqdimotlar tashkil etiladi.

Telefonlar: (+998) 71−238−56−00, (+998) 71−235−08−12, (+998) 71−234−41−83.

To‘liq ma’lumot uchun:

Sayt: uzexpocentre.uz
E-mail: uzexpocentre@gmail.com.

Reklama huquqlari asosida.