Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlandi

Toshkentda ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi. Koreya matbuotida marhumning taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi ekani xabar qilindi.

Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda

Adliya vazirligi tadbirkorlar uchun yagona huquqiy manba — Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi qonun hujjatlarini me’yorlashtirish va davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini qisqartirishga xizmat qiladi.

“Ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadi”. Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi pannolarni saqlab qolishga chaqirdi

Saida Mirziyoyeva “Premier Hall” kinoteatrini ta’mirlash vaqtida aniqlangan rassom Alfred Mazitovning “Kokilli qiz” pannosi atrofidagi muhokamalar ortidan shahardagi barcha mozaik pannolarni saqlab qolishga chaqirdi. “Aynan ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadigan ajoyib bir ramzdir”, — dedi u. Shundan so‘ng, bino egasi panno restavratsiya qilinishini ma’lum qildi.

Toshkentdagi dorixonalarda noqonuniy sotilayotgan 63 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi

Poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi dorixonalarida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy realizatsiyasi bilan bog‘liq 37 ta holat aniqlandi. Shulardan jami 62 337 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlandi

Samarqanddagi tekstil korxonalaridan birida ishlovchi 19 yoshli qiz tungi navbatchilik paytida zo‘rlandi. Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan sirtdan qamoqka olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Prezident shu hafta poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. 23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu haftada tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor ham rejaga kiritilgan.

“Haqiqat va taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmadi — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etdi. Vazirlik arizalar va ilova hujjatlari tegishli qonun talablariga rioya qilinmagan holda taqdim qilinganligini ta’kidladi. O‘zbekistonda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming fuqaro imzosi talab qilinsa, “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi 9,8 ming imzo yig‘gan.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan emlandi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Administratsiya xodimlari qatorida SOVID-19`ga qarshi emlanganini, jumladan, iyunning birinchi haftasida xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk komponentini qabul qilganini ta’kidladi.

FlyArystan Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi

Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri Turkiston-Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirdi.

“Iyul oxirigacha kutishimiz kerak”. Sherzod Asadov — prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovdan Shavkat Mirziyoyev takroran o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishi va bu boradagi qarori haqida davlat rahbari qachon e’lon qilishini so‘rashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi jarayoni iyul oxirida boshlanadi. “Nomzodlar kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini bilish uchun iyul oxirigacha kutishimiz kerak”, — dedi u.

Chirchiq pedinstituti o‘qituvchisi OTMga kiritib qo‘yish uchun $6000 olayotganda ushlandi

Toshkentda Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ikki fuqarodan ushbu OTM yoki ToshDPUga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 6000 dollar olayotganda ushlandi.

XMK O‘zbekiston kimyo sanoatini modernizatsiya qilishga yordamlashadi

Xalqaro moliya korporatsiyasi kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o‘g‘itlar ishlab chiqarishda O‘zbekistonga ko‘maklashadi.