16 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa va Chilonzor tumanida yashovchi jami 74 nafar fuqarolarning jamoaviy murojaati IIV mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, nazoratga olindi, деяхабар bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida poytaxtda joylashgan dorixonalarda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy realizatsiyasi bilan bog‘liq 37 ta holat aniqlandi. Shulardan jami 62 337 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

Bundan tashqari, jamoaviy murojaatda ko‘rsatilgan hududlarda joylashgan jami 9 ta dorixonalarda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, noqonuniy muomaladan 2 518 dona nazorat ostidagi dori vositalari olindi, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur murojaat asosida tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.