Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 871 027 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 702 209 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 053 637 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 115 181 nafarni tashkil qildi.

19 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 38 456 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 17 081 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 11 196, 3-bosqich emlanganlar 10 179 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (339 615 doza), Namangan viloyatida (333 138 doza), Andijon viloyatida (327 141 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 415 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 19 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106 025 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 381 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 101 692 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3615 nafar bemor davolanmoqda.