«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yozgi taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Samarqandcha sovuq sho‘rva «Chalop»


Juda oddiy, ammo, shu bilan birga, juda mazali va nordon Chalop sho‘rvasi sizni befarq qoldirmasligi aniq. Ushbu taomni yozgi taomnomangizga kiritishingiz mumkin.

Sabzavot va tovuqli kabobchalar


Tovuq go‘shtidan qilinadigan kabobchalarni nafaqat ochiq olovda, balki gaz pechida ham tayyorlash mumkin. Bunday yegulik juda sersuv va to‘yimli bo‘lib pishadi.

Ajabsanda


Ajabsanda yoki ajabsandali — kavkazcha mashhur taomlardan biri bo‘lib, bunda sabzavotlar dimlab pishiriladi. Ushbu taomning klassik retseptiga baqlajon, bulg‘or qalampiri, piyoz va pomidorlar kiradi.

Turkcha ratatuy


Qiymali ratatuy — bu oddiy taomning to‘yimli varianti bo‘lib, uni qiyma ajoyib tarzda to‘ldirib turadi. Turkcha ratatuyni albatta tayyorlab ko‘ring, ayniqsa hozir — sabzavotlar mavsumida.

Kuk-si


Kuk-si bu urva va unga qo‘shiladigan bir necha xil aralashmalardan iborat bo‘lgan yaxna taom. Unga qo‘shimcha qilib bodringli, karamli, pomidorli va go‘shtli salatlar solinadi.

Okroshka


Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo‘qoladi. Shunday paytda ko‘pchilikka sevimli bo‘lgan yaxna sho‘rva -okroshka as qotadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15