Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 832 571 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 685 128 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 042 441 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 105 002 nafarni tashkil qildi.

18 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 47 235 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 20 103 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 170, 3-bosqich emlanganlar 12 962 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (335 758 doza), Namangan viloyatida (327 762 doza), Andijon viloyatida (322 959 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 391 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 18 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105 610 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 293 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 101 311 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 718 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanmoqda.