Toshkent hayvonot hayvonot bog‘i jonivorlari qatori yanada to‘ldi. Joni va Jenni laqabli ikkita sakkiz oylik oq sherchalar JAR (Afrika) dan olib kelindi, deya xabar bermoqda poytaxt hayvonot bog‘i matbuot xizmati.

Oq sher — bu sherlarning alohida turkumi emas, balki «leykizm» nomi ostida ma’lum bo‘lgan mutatsiya natijasidir. Ular albinos emaslar. Ularning ko‘zlari va terisi normal tusda. Rangi ko‘zga tashlanadigan bo‘lgani uchun yovvoyi tabiat qo‘ynida yashash ular uchun juda murakkab masala va bu ov qilishda halaqit beradi. Ular boshqa yirtqichlar va brakonerlarning o‘ljasiga osongina aylanishadi. Butun dunyo bo‘yicha ularning soni atigi 300 taga yetadi, shuning ham katta qismi hayvonot bog‘larida.

«Bizning oq sherchalarimiz esa volerimizga chiqarib yuborildi. Momiqvoylarimiz soni ko‘payganidan biz juda mamnunmiz. Bunday noyob jonivorlarni asrab qolish va ularga g‘amxo‘rlik qilish esa biz uchun katta sharaf», — deyiladi xabarda.

Foto