Juma va shanba kunlari respublikada kam bulutli ob-havo ustun bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Harorat kunduz kunlari +35…+40 darajani tashkil etadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan +2…+3 darajaga yuqori. Ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha, shanba kuni ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 23−28 m/s gacha kuchayadi.

Yakshanba kuni Rossiyaning Yevropa hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu havo massalari mamlakatning janubiy hududlariga qulay harorat olib keladi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat me’yordan +2…+4 daraja past bo‘ladi va kechasi +15…+18 daraja, kunduzi +29…+32 daraja, janubda +34…+37 daraja atrofida bo‘ladi.