4 iyuldan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent — Tbilisi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yakshanba kuni qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi. Haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Yakshanba kunidagi yangi aviaqatnovning uchish vaqti:

  • Toshkentdan Tblisiga 08:10 — 10:30;
  • Tbilisidan Toshkentga 11:30 — 15:30.

Aviachipta narxlari:

  • Toshkent — Tbilisi 2 340 000 so‘mdan;
  • Toshkent — Tbilisi — Toshkent 4 070 000 so‘mdan boshlanadi.