Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 785 336 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 665 025 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 028 271 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 92 040 nafarni tashkil qildi.

17 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 45 765 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 20 654 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 12 485, 3-bosqich emlanganlar 12 626 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (330 399 doza), Namangan viloyatida (322 527 doza), Andijon viloyatida (318 979 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 385 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 17 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105 219 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 395 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 101 018 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 717 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3484 nafar bemor davolanmoqda.